Bu modulda siz ochiq (jamoat) Wi-Fi tarmoqlari orqali ulanish xavflari va ularni qanday oldini olish haqida o‘rganasiz. Firibgar tarmoqlar, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi, man-in-the-middle hujumlari kabi tahdidlar tushuntiriladi. Shuningdek, VPN (Virtual Private Network) texnologiyasi orqali internetga xavfsiz ulanish, shaxsiy ma’lumotlarni shifrlash va maxfiylikni saqlash usullari ham amaliy tarzda ko‘rsatiladi.